10:29 / 03.12.2019
3 078

1,1 million dona pirotexnika vositalarini yashirincha olib kirishga boʻlgan urinish fosh etildi

1,1 million dona pirotexnika vositalarini yashirincha olib kirishga boʻlgan urinish fosh etildi
Yangi yil yaqinlashgani sayin pirotexnika vositalarining savdosi, noqonuniy aylanma yoʻllar orqali olib kirilishi, tashilishi chegara hududlarda tez-tez kuzatila boshlaydi. Shu munosabat bilan pirotexnika vositalari savdosiga qarshi kurashishda chegara hududlardagi bojxona postlari orqali tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, kuni kecha Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati vakillari bilan hamkorlikda pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir oʻtkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tezkor tadbir davomida, fuqaro A.T boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli, avtomashina Margʻilon shahri hududida toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.
Natijada, avtomashina yukxonasi va salonida umumiy qiymati 55,8 million soʻmlik 558 000 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Fargʻona tumanida yashovchi fuqaro N.Sh.ning xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.
Tekshiruv jarayonida ushbu xonadonda noqonuniy tarzda umumiy qiymati 69,6 million soʻmlik 571 254 dona pirotexnika vositalari saqlanayotgani aniqlandi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida 1 129 254 dona pirotexnika vositalarini respublikamiz xududiga yashirincha olib kirishga boʻlgan urinishning oldi olindi
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1,1 million dona pirotexnika vositalarini yashirincha olib kirishga boʻlgan urinish fosh etildi