17:48 / 03.12.2019
2 994

Majburiy ijro byurosi va Tojikiston Respublikasining Hukumati huzuridagi Ijro xizmati oʻrtasida Memorandum imzonlandi

Majburiy ijro byurosi va Tojikiston Respublikasining Hukumati huzuridagi Ijro xizmati oʻrtasida Memorandum imzonlandi
Joriy yilning 3 dekabr kuni Oʻzbekistonning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasining Hukumat huzuridagi Ijro xizmati boshligʻi I.M.Idriszoda boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrifdan koʻzlangan maqsad – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Tojikiston Respublikasi Ijro xizmati oʻrtasida ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash, shuningdek ikki davlatning majburiy ijro xizmatlari oʻrtasidagi ustuvor yoʻnalishlar va istiqbolli hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Taʼkidlash joizki, bu ikki mamlakatlarning tarixiy uzviy bogʻliqligini hamda oʻzaro iqtisodiy va siyosiy jihatdan almashinish oʻsib borayotganligini hisobga olganda, Tojikiston va Oʻzbekiston Respublikalari manfaatlariga xizmat qiladigan ikki idoralar oʻrtasidagi foydali hamkorlik muhim ahamiyatga ega.

Tojikiston Respublikasi Ijro xizmati boshligʻi I.M.Idriszoda Bosh prokuratura, Bosh prokuratura Akademiyasi hamda Majburiy ijro byurosiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida, Bosh prokuraturada Tojikiston Respublikasi Ijro xizmati va Byuro rahbarlari oʻrtasida rasmiy muzokaralar oʻtkazildi.

Tojikiston Respublikasi Ijro xizmati va Byuro oʻrtasida kelgusida ikki tomonlama anglashuv va hamkorlik qilishning huquqiy asosi hisoblanuvchi Memorandum imzolandi.

Memorandumda ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashni nazarda tutuvchi, maʼlumot va tajriba almashish, hamkorlikdagi tadbirlarni oʻtkazib borish, shuningdek sud qarorlarining majburiy ijro qilish masalalari yuzasidan bevosita maslahatlashuvlarni oʻrnatish nazarda tutilgan.

Bosh prokuraturada Majburiy ijro byurosi faoliyati va Oʻzbekiston Respublikasidagi sud va boshqa organlar hujjatlarining ijrosi etish tizimiga bagʻishlangan taqdimot boʻlib oʻtdi. Tojikiston Respublikasi delegatsiyasiga Oʻzbekiston Respublikasining majburiy ijro tizimidagi amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berildi.

Byuroda ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari boʻyicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimi, elektron savdo maydonchasi orqali ijaraga berish mexanizmlari va yaratilayotgan boshqa yangiliklar alohida qiziqish tugʻdirdi.

Shu bois, Tojikiston Respublikasi delegatsiyasi Oʻzbekiston Respukblikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Ye-IJRO AUKSION” elektron-onlayn auksionlarni tashkil etish markaziga tashrif buyurdi.

Tojikiston Respublikasi Ijro xizmati aʼzolari tomonidan oxirgi yillarda majburiy ijro sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli erishilayotgan natijalar yuksak baholandi, shuningdek, idoralar oʻrtasida hamkorlik oʻzaro amaliy xususiyatga ega ekanligi taʼkidlanib, imzolangan Memorandum doirasida kelgusidagi hamkorlikni mustahkamlash choralari muhokama qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Majburiy ijro byurosi va Tojikiston Respublikasining Hukumati huzuridagi Ijro xizmati oʻrtasida Memorandum imzonlandi