22:35 / 03.12.2019
2 876

“Vaqtinchalik propiska”li yoki propiskasiz boshqa hududda yashayotganlar saylovda qayerda ovoz beradi?

“Vaqtinchalik propiska”li yoki propiskasiz boshqa hududda yashayotganlar saylovda qayerda ovoz beradi?
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasisining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Markaziy Saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari Mahmud Istamov 2019-yil 22-dekabrda saylovlarda ilk bor mamlakat miqyosida Saylovchilarning yagona elektron roʻyxati va Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi amalda qoʻllanilayotgan haqida axborot berdi.

Unga koʻra, saylovchining qaysi saylov uchastkasi boʻyicha (doimiy yoki vaqtincha propiska (hisobda turish) joyi boʻyicha) saylovchilar roʻyxatiga kiritilishi uchastka saylov komissiyasi oʻtkazadigan uyma-uy yurish natijalariga koʻra aniqlanadi.

Bunda, saylov uchastkasi hududida vaqtinchalik yashayotgan fuqarolar boʻlsa, ularning ovoz berish kuni ushbu hududda boʻlishi yoki boʻlmasligi oʻzaro suhbat chogʻida uchastka saylov komissiyasi aʼzosi tomonidan aniqlanadi va saylovchini vaqtincha yashab turgan joyi boʻyicha saylovchilar roʻyxatiga kiritish masalasi hal etiladi.

Saylov uchastkasi hududida vaqtinchalik yashayotgan fuqarolar bilan shaxsan suhbat qurish imkoniyati boʻlmasa, ular vaqtincha yashash joyidagi saylov uchastkasi saylovchilar roʻyxatiga kiritilmaydi.

Agar saylovchi yashab turgan joyi boʻyicha hisobga olingan boʻlmasa (propiskada turmasa), vaqtincha yashash joyidagi saylov uchastkasi boʻyicha saylovchilar roʻyxatiga kiritilishi va ovoz berishi mumkin.

Bunda saylovchi yashab turgan joyidagi saylov uchastkasi boʻyicha roʻyxatga kiritilishi uchun shu hududdagi uchastka saylov komissiyasiga saylovga kamida uch kun qolgunga qadar (19-dekabrgacha) murojaat qilishi mumkin.

Fuqaro haqiqatan saylov uchastkasi joylashgan hududda vaqtincha yashayotganligini qoʻshimcha hujjatlar (vaqtincha yashash maʼlumotnomasi va boshqalar) bilan tasdiqlashni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Uchastka saylov komissiyasi fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida saylovchining qaysi saylov uchastkasi boʻyicha roʻyxatga kiritilganligini saylovchilarning yagona elektron roʻyxatidan izlab topadi va muddatidan oldin ovoz bergan yoki bermaganligini aniqlashtiradi. Muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalanmagan saylovchilargina haqiqatan vaqtincha yashash joyidagi saylov uchastkasi boʻyicha saylovchilar roʻyxatiga kiritilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Vaqtinchalik propiska”li yoki propiskasiz boshqa hududda yashayotganlar saylovda qayerda ovoz beradi?