23:20 / 03.12.2019
4 940

Alisher Usmonovga tegishli samolyot Toshkent xalqaro aeroportiga qoʻndi

Alisher Usmonovga tegishli samolyot Toshkent xalqaro aeroportiga qoʻndi
Bort raqami M-IABU boʻlgan Airbus 340 samolyoti I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi. Bu haqda “Novosti Tashkentskogo neba“ telegramm kanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu samolyot asli kelib chiqishi oʻzbekistonlik boʻlgan rossiyalik milliarder, USM Holdings kompaniyasi asoschisi, Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti Alisher Usmonovga tegishlidir.

Manbada samolyot Myunxendagi Frans-Yozef Shtraus nomidagi aeroportdan uchib kelgani aytilgan.

Maʼlumot uchun, Alisher Usmonov RFning eng boy biznesmenlari, dunyoning eng nufuzli shaxslaridan biridir. Uning boyligi 12,6 mlrd. dollar deya baholanadi va Rossiyadagi eng boy insonlar reytingida 10, dunyoda esa 118-oʻrinda turadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Usmonovga tegishli samolyot Toshkent xalqaro aeroportiga qoʻndi