19:10 / 04.12.2019
2 826

Past Dargʻomda qimorxona ochgan shaxs javobgarlikka tortildi

Past Dargʻomda qimorxona ochgan shaxs javobgarlikka tortildi
Samarqand viloyati hududida IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirlar davomida Past Dargʻom tuman Juma shahrida yashovchi fuqarolardan biri tuman markazida joylashgan oshxonada pul evaziga qimorxona tashkillashtirgani aniqlandi.

Olib borilgan surishtiruv ishlar natijasida mazkur qimorxonani Juma shahrida yashovchi fuqaro I.B. va Ya.M. tashkil etgani, tadbir vaqtida qimorxonada jami 12 nafar fuqaro noqonuniy ravishda qimor oʻynayotgani aniqlanib, voqea joydan bir dona koʻza va jami 3 000 000 soʻmga yaqin pul daliliy ashyo tariqasida tegishli ravishda hujjatlashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB Tergov boʻlimi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Past Dargʻomda qimorxona ochgan shaxs javobgarlikka tortildi