11:02 / 05.12.2019
2 864

Vagon o‘rindiqlari ostiga yashirilgan tamaki mahsulotlari

Vagon o‘rindiqlari ostiga yashirilgan tamaki mahsulotlari
Sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklarni qonunbuzarlar tomonidan noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlar bojxona xodimlari tomonidan o‘z vaqtida fosh etilmoqda.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari xorijdan kirib kelgan poyezd yo‘lovchilarining yuklarini belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazishdi.

Natijada, yo‘lovchi fuqaro R.Sh. 100 quti tamaki mahsulotlari hamda 95 dona uy hayvonlari uchun gigenik va dori vositalarini vagondagi o‘rindiqlar ostiga bojxona nazoratidan yashirgan holda olib kelayotgani aniqlandi.

Shuningdek, fuqaro B.I.ning qo‘l yuklarini belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazish davomida tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 9 million so‘mlik 454 dona sifati kafolatlanmagan tibbiyot anjomlarini olib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda yuqoridagi holatlar bo‘yicha bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vagon o‘rindiqlari ostiga yashirilgan tamaki mahsulotlari