Buxoroda temir yo‘lni kesib o‘tayotgan 58 yoshli fuqaroni poyezd urib ketdi

  • 06 dekabr 2019, 10:33
  • 909
  • Jamiyat
  • Buxoroda temir yo‘lni kesib o‘tayotgan 58 yoshli fuqaroni poyezd urib ketdi
    Buxoroda 5 dekabr, payshanba kuni soat 04:55 da elektrovoz temir yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda 58 yoshli G.X.ni urib yubordi. U hodisa joyida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

    Ma’lum qilinishicha, mashinisti 32 yoshli R.T. boshqaruvidagi 3041-sonli yuk poyezdi Buxoro Mintaqaviy temir yo‘l uzeliga qarashli «Yakkatut» va «Murg‘ak» bekatlari oralig‘ida harakatlantirib ketayotgan vaqtida mazkur hodisa yuz bergan.

    Ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Buxoroda temir yo‘lni kesib o‘tayotgan 58 yoshli fuqaroni poyezd urib ketdi