19:20 / 06.12.2019
2 997

Markazdamizmi yoki chekkada?

Markazdamizmi yoki chekkada?
Belarusliklarning ironiya bilan e’tirof etishicha, ushbu mamlakatning barcha ta’lim muassasalarida Belarus Yevropaning qoq markazida joylashgani haqidagi ta’limot o‘qitiladi, bunda geografik joylashuvga urg‘u qaratiladi.

Rostdan ham Belarus geografik jihatdan har tomonlama Yevropa qit’asining markazida joylashgan, biroq ham rivojlangan G‘arbiy va Markaziy Yevropa, ham XXII asrda yashayotgan Shimoliy Yevropa va hattoki Rossiya uchun ham periferiya (chekka hudud) hisoblanadi.

Xuddi shu nazariya Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ham qo‘llanilishi mumkin - mintaqa vakillari geografik joylashuvga urg‘u berib, go‘yoki qo‘shni mintaqalar bizsiz yashay olmaydigandek gapirishni yaxshi ko‘rishadi.

Aslida esa Markaziy Osiyodagi markaziylik uning nomidagina bor xolos. Mintaqa Rossiya imperiyasida ham, SSSRda ham periferiya bo‘lgan, hozirgi Rossiya uchun ham periferiya. Yevropa Ittifoqi uchun-ku - periferiyadan keyingi periferiya. Osiyoning yirik davlatlari uchun Markaziy Osiyo - bu bir chekkadagi tushunarsiz Osiyo, AQSh uchun - umuman 10-darajali mintaqa.

Periferiyaning yana bir belgisi - Markaziy Osiyoda qo‘shni mintaqalardan bir necha baravar kam aholi yashaydi. Shunchaki taqqoslang - Markaziy Osiyoda 60-65 million, Rossiyada 125 million, Xitoyda 1,5 milliard, Janubiy Osiyoda 1,5 milliard, Eron va Turkiya har birida 85 milliondan aholi yashaydi. Bu ular uchun jiddiy bozor emasligimizni anglatadi.

Periferiyalar uchun geografik joylashuv ustunlik emas, aksincha to‘siq hisoblanadi. Shunday ekan, Markaziy Osiyo mamlakatlari "biz markazdamiz, biz bilan hisoblashishadi" deb turib olish o‘rniga, inson kapitalini rivojlantirish orqali jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi eng to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi.

@tashqaridaUZ telegram kanalidan olindi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Markazdamizmi yoki chekkada?