21:16 / 06.12.2019
7 117

Namanganda ham Prezident maktabi ochildi (foto)

Namanganda ham Prezident maktabi ochildi (foto)
6 dekabr kuni Namangan shahrida Prezident maktabining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ochib berdi.

Hokimning aytishicha, viloyat miqyosida sakkiz mingga yaqin o‘quvchi yoshlar Prezident maktabi o‘quvchisi bo‘lish maqsadida imtihonlarga qatnashgan, eng bilimli, eng munosib 144 nafari makktabga qabul qilindi.

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi raisi Alisher Sa’dullayev va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Sarvar Boboxo‘jayev ham nutq so‘zlab, mamlakatimizning eng iqtidorli va bilimli yoshlari uchun bunyod etilgan maktab, tom ma’noda yuksak imkoniyatlar maktabi bo‘lib qolishini ta’kidladilar.

Prezident maktabda o‘quv jarayoni ham tubdan yangi texnologiyalar asosida tashkil etilgan. O‘quv jarayoni Kembrij universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv rejalar va dasturlar bo‘yicha ingliz tilida amalga oshiriladi. Prezident maktablarining tashkil etilishi bilan mamlakatimiz ta’lim tizimida “STEAM – ta’lim” eng ko‘p ishlatilayotgan, mohiyati endigina anglashilayotgan iboralardan biriga aylandi. Maktabda xuddi shu dastur asosida “STEAM” fanlar – tabiiy fanlar, texnologiya, texnik ijodiyot, san’at, matematika chuqurlashtirib o‘rgatiladi. 10 nafar xorijlik mutaxassislar o‘quvchilarga dars beradilar.









arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda ham Prezident maktabi ochildi (foto)