14:15 / 09.12.2019
5 313

Parkentda qalbaki pullar ishlab chiqarayotgan yashirin “pul sexi” aniqlandi

Parkentda qalbaki pullar ishlab chiqarayotgan yashirin “pul sexi” aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Parkent tuman boʻlimi xodimlari yashirin “pul sexi”ni aniqladi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati maʼlum qildi.

Olingan tezkor maʼlumotlarga asosan departament vakillari DXX va IIB xodimlari bilan tezkor tadbir oʻtkazib, unda fuqarolar N.N. va P.Y.lar Parkent tumani, Xisarak qishlogʻidagi xonadonida rangli printerda 50 000 va 100 000 soʻmlik qalbaki kupyuralarni tayyorlab kelayotganliklari fosh etildi.

Tadbir jarayonida 116 dona 50 000 va 34 dona 100000 soʻmlik qalbaki kupyuralar, 94 dona 50000 va 100000 soʻmlik kupyuralarning tasviri tushirilgan A-4 hajmli qogʻozlar hamda ularni ishlab chiqarishda foydalanilgan “EPSON” rusumli rangli printer, boʻyoqlar va boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Parkentda qalbaki pullar ishlab chiqarayotgan yashirin “pul sexi” aniqlandi