15:26 / 09.12.2019
4 505

Prokuraturaga kelganda «falaj» bo‘ladigan 44-modda endi ishlaydi

Prokuraturaga kelganda «falaj» bo‘ladigan 44-modda endi ishlaydi
Ma’lumki, Konstitutsiyada alohida qayd etilgan (44-modda) har bir shaxs «o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi» prokuratura organiga kelganda falajga aylanardi, go‘yo.

Chunki, prokuror qaroridan norozi bo‘lgan shaxs, sudga emas, yuqori turuvchi prokurorga murojaat qilishi mumkin edi, xolos. Bu jarayonda «hamkasbning qarori bekor bo‘lguncha, shaytonning bo‘yni uzilsin» mataliga ko‘proq hurmat bajo keltirilishi natijasida fuqarolarning haq-huquqlariga putur yetishi ehtimoli katta edi. Buning achchiq hosilasini yaqin o‘tmishda ozmuncha ko‘rdikmi?!

Endi vaziyat o‘zgaradi, shukr. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishdagi ma’ruzasida «...kelgusi yildan boshlab prokuror qarori ustidan sudga murojaat qilish tartibi joriy etilishi»ni ta’kidlab, shunday dedi: «Shu orqali surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida muvozanatni, ya’ni o‘zaro tiyib turish tamoyillarini ta’minlash imkoni yaratiladi. Bunday muhim o‘zgarish ham bizning tajribamizda birinchi marta joriy etilmoqda.

Sir emas, ilgari prokuratura idoralari nihoyatda yopiq, nazoratdan xoli bir organga, ta’bir joiz bo‘lsa, oxirgi instansiyaga aylanib qolgan edi. Buning oqibatida qancha-qancha odamlar nohaq jabr chekkani, adolatsizlikka duchor bo‘lgani ham ayni haqiqat. Qanchalik og‘ir va noxush bo‘lmasin, biz shu haqiqatni tan olib, bu sohada qonuniylik va adolatni qaror toptirishga kirishdik.

Ishonamanki, prokuror qarori ustidan sudga murojaat qilish bo‘yicha rivojlangan demokratik mamlakatlarda amal qiladigan bunday tajribani joriy etish hayotimizda adolat mezonini mustahkamlashda ulkan qadam bo‘ladi»
.

Manba: Xabar.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prokuraturaga kelganda «falaj» bo‘ladigan 44-modda endi ishlaydi