19:10 / 09.12.2019
7 827

Zoyir Mirzayev va Sherali Jo‘rayev vohalik mehnatkashlar bilan tantana qildi (foto, video)

Zoyir Mirzayev va Sherali Jo‘rayev vohalik mehnatkashlar bilan tantana qildi (foto, video)
Qashqadaryo viloyatida “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” yuqori saviyada nishonlandi.

Unda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etib, vohalik mehnatkashlarni ushbu kun biilan muborakbod etdi va o‘z tabrigini yo‘lladi. Shuningdek, viloyat rahbari mehnat faxriylariga alohida hurmat ko‘rsatib, ularga esdalik sovg‘alar va sovrinlar topshirdi.

Viloyat hokimi otaxonlarni shaxsan o‘zi taqdirladi.


Ushbu katta bayramga o‘zbek san’ati qiroli Sherali Jo‘rayev ham tashrif buyurdi.

Buyuk hofiz dehqon haqida qo‘shiq kuyladi, viloyat musiqali drama teatri aktyorlari sahnada holatni jonlantirishdi.



“Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” bir so‘z bilan aytganda katta tantanaga aylandi. Bu esa vohalik dehqon va mehnatkashlarga kelgusidagi ishlarida katta kuch-g‘ayrat bag‘ishlaydi, shubhasiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zoyir Mirzayev va Sherali Jo‘rayev vohalik mehnatkashlar bilan tantana qildi (foto, video)