22:20 / 09.12.2019
4 527

Jo‘natmalardagi psixotrop dori vositalari manziliga yetib bormadi

Jo‘natmalardagi psixotrop dori vositalari manziliga yetib bormadi
Amaldagi tartiblarga ko‘ra, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni xalqaro pochta jo‘natmalari orqali jo‘natish taqiqlangan. Ammo shunga qaramay pochta jo‘natmalari orqali tarkibida psixotrop va narkotik moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini jo‘natish holatlari tez-tez uchramoqda.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Bosh pochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tarkibida psixotrop va giyohvandlik moddalari mavjud bo‘lgan dori vositalarinig respublikamizga noqonuniy olib kirilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarliklarini fosh qilishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Xorijdan fuqaro K.G. nomiga kelgan pochta jo‘natmasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, tarkibida psixotrop moddasi mavjud bo‘lgan 50 dona “Paramol Af and Shiul” va 20 dona “Dexamol Cold” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

Shuningdek, fuqarolar N.Sh., X.X. va S.V. nomiga kelgan pochta jo‘natmasida tarkibida psixotrop va giyohvand moddalari bo‘lgan 25 dona “Bondormin”, 24 dona “Rokacet plus” hamda 30 dona “Tramadex OD 100” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jo‘natmalardagi psixotrop dori vositalari manziliga yetib bormadi