07:58 / 10.12.2019
2 641

Endi shaxsni qo‘lga olishda videotasvirga olish majburiy bo‘ladi

Endi shaxsni qo‘lga olishda videotasvirga olish majburiy bo‘ladi
Shaxsni ushlab turish, unga protsessual huquqlarini tushuntirish kabi jarayonlarni, agar u himoyachidan voz kechsa, bu holatni ham majburiy tarzda videotasvirga tushirish tartibini o‘rnatish zarur. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqida bildirdi.

Avvalroq tintuv jarayonini, olingan ko‘rsatmalarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish, tergov eksperimenti kabi protsessual harakatlarni videotasvir orqali qayd etish shartligi qonuniy asosda belgilangan. Endilikda bu holat, Prezidentga ko‘ra, shaxsni qo‘lga olish jarayoniga ham tatbiq etilishi lozim.

O‘z nutqida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ushlangan shaxs maxsus binoga olib kelinganidan keyin bu haqda uning oila a’zolari darhol xabardor qilinishi kerakligini ham urg‘ulagan Prezident buni surishtiruvchi, tergovchi va boshqa vakolatli shaxsning majburiyati sifatida qonunda aniq belgilab qo‘yishni taklif etdi.

Prezidentimizning ta’kidlashicha, shaxsni ushlab turish va uning huquqini cheklaydigan boshqa protsessual majburlov choralarini qo‘llash holatlarini hisobga olishning elektron tizimiga o‘tish zarur.

Davlatimiz rahbari bu borada o‘tkazilajak islohotlar orasida 2020 yildan prokurorlar qarori ustidan sudga shikoyat qilish tartibi ham joriy etilishiga ham e’tibor qaratdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi shaxsni qo‘lga olishda videotasvirga olish majburiy bo‘ladi