Nukusda YPX xodimini kapotda «sayr qildirgan» haydovchining ishini prokuratura nazoratga oldi

  • 11 dekabr 2019, 08:02
  • 630
  • Jamiyat
  • Nukusda YPX xodimini kapotda «sayr qildirgan» haydovchining ishini prokuratura nazoratga oldi
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida Spark haydovchisi YPX xodimining talabiga bo‘ysunmay, uni mashina kapotida 200 metr masofagacha sudrab borgani haqida avvalroq xabar berilgandi. Bu haqda «Markaziy studiya» ma’lum qilishicha, hozirda Nukus shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Spark avtomobili haydovchisi rulni boshqarayotganda telefondan foydalangan, YPX inspektori uni to‘xtatganida haydovchi uning qonuniy talabiga bo‘ysunmagan. Shunda ushbu inspektor ratsiya orqali ikkinchi inspektorga bu haqida ma’lum qilgan. Mast haydovchi esa ikkinchi inspektorning ham talabini bajarmasdan, qo‘pollikni davom ettirgan.

    Haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Hodisa natijasida YPX inspektori yengil tan jarohati olgan. Nukus shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    » » Nukusda YPX xodimini kapotda «sayr qildirgan» haydovchining ishini prokuratura nazoratga oldi