10:33 / 11.12.2019
4 316

Prezident ipoteka krediti bo‘yicha yangi farmonni imzoladi

Prezident ipoteka krediti bo‘yicha yangi farmonni imzoladi
«Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.
Farmonga ko‘ra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi joriy etildi.

Unga muvofiq:
  • Moliya vazirligi pul mablag‘larini tijorat banklariga 15 yil muddatga bozor shartlari asosida joylashtiradi;
  • tijorat banklari aholiga o‘z mablag‘lari va Moliya vazirligi ajratadigan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlarini taqdim etadi;
  • Moliya vazirligidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlari bozor stavkasi bo‘yicha taqdim etiladi. Bunda, qarz oluvchiga kredit uy-joyning joylashgan joyi va maydonini mustaqil tanlash huquqi bilan cheklangan miqdorda beriladi;
  • ayrim shaxslarga (kam ta’minlangan, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj v.b.) ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat byudjetidan subsidiyalar to‘lanadi.

Yangi tartib quyidagilarda joriy etiladi:
- qishloq joylarda – Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari shaharlariga va tuman ma’muriy markazlariga tutash hududlarda;
- Toshkent shahrida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident ipoteka krediti bo‘yicha yangi farmonni imzoladi