13:00 / 11.12.2019
4 524

2020 yildan aksiz solig‘i stavkalari oshiriladi, yoqilg‘i mahsulotlari narxi oshadi

2020 yildan aksiz solig‘i stavkalari oshiriladi, yoqilg‘i mahsulotlari narxi oshadi
Prezident tomonidan imzolangan “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan (xizmat ko‘rsatiladigan), aksiz solig‘i solinadigan tovarlarga (xizmatlarga) aksiz solig‘i stavkalari oshiriladi.

Bunda 2020 yildan zargarlik buyumlari uchun 25%, mobil aloqa xizmatlari uchun 20%, kumushdan ishlangan oshxona anjomlari uchun 11%, ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gaz uchun 30%, polietilen granulalar uchun 30% aksiz solig‘i stavkasi joriy qilinadi.

Shuningdek, benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gazni avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali sotishda aksiz solig‘i 1 litrdan kelib chiqib hisoblanadi. Unga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan 1 litr benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz uchun 285 so‘m (2020 yil 1 apreldan esa 350 so‘m), siqilgan gaz uchun esa 435 so‘m (1 apreldan 500 so‘m) aksiz solig‘i olinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2020 yildan aksiz solig‘i stavkalari oshiriladi, yoqilg‘i mahsulotlari narxi oshadi