13:17 / 11.12.2019
4 345

Banklar “ishonchli mijozlar”ga qulay shartlarda kredit ajrata boshladi

Banklar “ishonchli mijozlar”ga qulay shartlarda kredit ajrata boshladi
“Oʻzsanoatqurilishbank” Oʻzbekistonda birinchi marotaba tadbirkorlar uchun oldindan maʼqullangan kreditlarni taqdim eta boshladi, deb xabar bermoqda “Bank va mijoz” kanali.

Kredit shartnomasini imzolash orqali bank mijozlari 1 yil davomida istalgan vaqtda oʻzlarining vaqtinchalik xarajatlarini qoplash uchun ushbu liniyadan foydalanishlari mumkin boʻladi.

Bu haqida bankning telegram kanalida maʼlum qilingan.
Ipoteka bank ham yuridik shaxslar uchun ishonchli kredit ajratishini maʼlum qilmoqda.

Kredit mablagʻlari bankda asosiy hisobvaragʻiga kamida 3 yildan beri xizmat koʻrsatiladigan bank mijozlariga ajratiladi.
Kredit muddati 12 oy, kredit miqdori 500 mln.soʻmgacha, taʼminotsiz!

Boshqa shartlari haqida batafsil bank saytida tanishish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Banklar “ishonchli mijozlar”ga qulay shartlarda kredit ajrata boshladi