15:15 / 11.12.2019
3 143

Qishloqlarda kamida 200 ta kvartirali makromassivlar quriladi

Qishloqlarda kamida 200 ta kvartirali makromassivlar quriladi
«Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Prezident Farmoni qabul qilingani haqida xabar bergandik.

Farmonga ko‘ra, qishloq joylarda:
  • ko‘p kvartirali uy-joylar qurilishi kamida 200 ta kvartirani o‘z ichiga olgan makromassivlar shaklida joylashtiriladi;
  • ushbu uy-joylar qurilishini amalga oshiruvchi tadbirkorlar tanlov savdolari yakunlariga ko‘ra aniqlanadi;
  • uy-joy qurish uchun yer uchastkalari tanlov g‘olibi bo‘lgan tadbirkorlarga elektron auksion savdolarisiz bepul beriladi.

Shahar joylarda esa, ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish uchun yer uchastkalari tadbirkorlarga pullik asosda «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasidagi elektron auksion orqali amalga oshiriladi.

Moliya vazirligidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka krediti birlamchi bozordagi kvartiralarni sotib olish uchun 15 yil muddatga beriladi.

Bunda, kredit:
  • qishloq joylarda – uy-joy hisoblangan qiymatining 90 foizidan oshmaydigan miqdorda va dastlabki badal sotib olinadigan kvartira qiymatining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda;
  • shaharlarda – uy-joy hisoblangan qiymatining 80 foizidan oshmaydigan miqdorda va dastlabki badal sotib olinadigan kvartira qiymatining 20 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda beriladi.

  • Yangi tartib doirasida subsidiyalar qishloq joylarda birinchi 5 yil davomida ipoteka foizlarini qoplash uchun – 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi.

    Shaharlarda esa:
    • dastlabki badalning bir qismini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida;
    • birinchi 5 yil davomida kredit bo‘yicha foizlarni qoplash uchun Toshkent shahrida – 12 foizlik punktdan oshgan qismiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida – 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi.

    arenda kvartira tashkent


    Ctrl
    Enter
    Xato topdIngizmi?
    Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
    Yangiliklar » Jamiyat » Qishloqlarda kamida 200 ta kvartirali makromassivlar quriladi