17:02 / 11.12.2019
3 275

Prezident Farmoni asosida 575 nafar shaxs afv etildi

Prezident Farmoni asosida 575 nafar shaxs afv etildi
Ayni paytda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.05.2019 yildagi “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin qo‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida” gi Farmoni ijrosi yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Farmon ijrosi yuzasidan jazo muddatini o‘tayotgan 575 nafar shaxs afv etilgan. Shundan 361 nafari jazodan ozod etilgan, 214 nafarining o‘talmagan jazo muddati ¼ qismiga qisqartirilgan.

Afv bilan ozod etilgan 257 nafar shaxsga pasportlari muddati tugagani va yaroqsiz bo‘lgani bois biometrik pasportlar berildi.
Afv etilganlarning 361 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, “ijtimoiy ko‘nikma markaz”lari tomonidan 419,8 mln. so‘m miqdorida moddiy yordam ko‘satildi.

Shuningdek, 326 nafar mehnatga layoqadli fuqaroning 315 nafari ishga, 10 nafari o‘qishga joylashtirilgan, deya xabar bermoqda matbuot anjumanidan "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident Farmoni asosida 575 nafar shaxs afv etildi