23:16 / 11.12.2019
3 949

Jismoniy shaxslar uchun ijaraning eng kam stavkalari 6-25 foizga oshirildi

Jismoniy shaxslar uchun ijaraning eng kam stavkalari 6-25 foizga oshirildi
«2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi Qonun bilan ijara to‘lovining eng kam stavkalari tasdiqlandi. Ulardan 2020 yilda jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mulkni va avtotransportni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solish maqsadida foydalaniladi, deb xabar berdi «Norma».

Soliqlar pasaytirilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 2014 yildan buyon hukumat ko‘chmas mulk va avtotransportni ijaraga berishning eng kam stavkalarini belgilaydi. Ijaraga beruvchi o‘zining mol-mulkini juda arzon yoki hatto bepul taqdim etishga haqli. Biroq byudjet bundan ziyon ko‘rmasligi kerak. Ijaraning belgilangan eng kam stavkalaridan kelib chiqib, 12% JShDSni to‘lashga to‘g‘ri keladi. O‘tgan yilga nisbatan stavkalar indeksatsiya qilingan:
  • noturar joylar uchun – 15-25%ga. Toshkent shahridagi noturar ko‘chmas mulk bo‘yicha ijaraning eng kam stavkalari hammasidan ko‘p o‘sdi – oyiga 1 kv.m. uchun 25 ming so‘m.
  • avtotransport vositalari uchun, o‘rtacha – 6%ga (9.12.2019 yildagi O‘RQ-589-son Qonunga 12-ilova).


Fuqarolar mol-mulkini ijaraga berishdan olingan daromadlarga 2020 yilda 12% stavka bo‘yicha JShDS solinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jismoniy shaxslar uchun ijaraning eng kam stavkalari 6-25 foizga oshirildi