Buyuk jahongashta Ibn Battuta haqida qiziqarli 10ta fakt

  • 12 dekabr 2019, 00:03
  • 1 086
  • Jamiyat
  • Buyuk jahongashta Ibn Battuta haqida qiziqarli 10ta fakt
    Buyuk jahongashta Ibn Battuta dunyoning katta qismiga tashrif buyurishga ulgurgan. Ko‘pchilik bu ismni eshitgan, ammo ko‘pchilikda haqida ma’lumot ko‘p emas. Ibn Battuta u haqida yorqin hikoyalar so‘zlab berishga arziydigan shaxs bo‘lgan.

    XIV asrda yashab sayohatlarga ishtiyoqi kuchli bo‘lgan bu shaxs o‘z davrining eng mashhur kashshoflaridan (biror joyni birinchi bo‘lib kashf etgan) biri bo‘lgan. Uning qadami o‘sha vaqtlarda dunyoning dovrug‘i ketgan deyarli barcha joylariga yetgan, hattoki zamonaviy Sibirgacha. Tasavvur qilib ko‘ring, Marokashdan bo‘lgan va umrida biror marta qor ko‘rmagan afrikalik XIV asrda Sibir qishida kezib yuribdi. Uning hayoti sarguzashtlarga boy bo‘lganini tushunish uchun shuning o‘zi yetarli.

    1. Shamsiddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh at-Tanjiy Ibn Battuta, ko‘proq Ibn Battuta nomi bilan eslanadi

    U 1304 yilda Tanjerdagi (Marokash) qozi oilasida tug‘ilgan. U o‘zining eng katta orzusi — dunyo bo‘ylab sayohatni amalga oshirish uchun ota uyini 21 yoshida Haj karvoniga qo‘shilib tark etadi. U oradan 24 yil o‘tibgina vataniga qaytadi, ammo shunda ham buning yagona sababi musulmon Ispaniyasiga qayta sayohatga otlanish niyati bo‘lgan.

    2. Ibn Battuta — barcha davrlarning eng taniqli sayohatchisi
    U jahon bo‘ylab tanilgan. 30 yillik safari davomida Islom olamining katta qismiga, dastlab Misr, Shom (Suriya), Livan, Falastin, Mesopotamiya, shuningdek, Markaziy Osiyo, Janubi-sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo, Janubiy Yevropa, Sharqiy Yevropa, Rossiya va Xitoyga tashrif buyurgan. Agar hozirgi yo‘sinda tahlil qilsak, uning ro‘yxatida 44ta davlat paydo bo‘ladi.

    3. Ibn Battuta quruqlik va dengiz orqali 75 000 mil (120 ming km) masofani bosib o‘tgan
    Bu Marko Poloning natijasidan ancha ko‘p. O‘zining barcha sayohatlarida Ibn Battuta urushlar, isyon va bosqinlar guvohi bo‘lgan.

    4. Ibn Battuta ziyolilar oilasidan edi va va o‘zi ham olim bo‘lgan

    Uning otasi Tanjerda qozi edi. Sarguzashtsevarning o‘zi ham Sherozda qozilik shahodatini olgan va ikki bor qozilikka tayinlangan: birinchi marta Hindistonda 8 yilga, ikkinchisi Marokashda, sayohatlardan qaytib o‘troq yashash tarziga o‘tganidan so‘ng. Huquqshunoslikdan tashqari, ilohiyot va she’riyatga qiziqqan.

    5. «Tuhfat an-nuzzor fi g‘aroyib al-amsor va ajoyib al-afsar» («Turli shahar va safarlardagi ajoyibotlar shohidi bo‘lganlar uchun tuhfa») deb nom olgan kitobida uning barcha taassurot va qaydlari jamlangan
    Ibn Battuta o‘z yurishlari davomida hech qachon kundalik va xatlar yozmagan, ammo Marokash sultonining qat’iy iltimosidan so‘ng o‘z hikoyalarini aytib berishga rozi bo‘lgan. U buni qadrdon do‘sti Ibn Juzay so‘zlab beradi va shu orqali qo‘lyozma paydo bo‘ladi. Qo‘lyozma keyinchalik 1830 yilda topilgan va kitob shaklida nashr etilgan.

    6. Marokashga qaytgan Ibn Battuta otasi 15 yil avval vafot etganidan xabar topadi
    Uning onasi ham qaytishidan bir necha oy ilgari olamdan o‘tgan edi. Sayohatchi ularni so‘nggi marta 21 yoshida, ilk safari oldidan ko‘rgan. Ibn Battutaning farzandlari ko‘p bo‘lgan.

    7. Ibn Battuta yolg‘iz yurganda duch kelinadigan xavfdan saqlanish uchun asosan karvon va guruhlar bilan sayohat qilgan
    Karvonlar unga nafaqat xotirjamlikni, balki do‘stona aloqani ham taqdim qilgan. U Malidan qaytishda 600 qulni olib kelayotgan karvon bilan birga keladi.

    8. Olis yurtlarga sayohati davomida madaniyatlarning ulkan to‘qnashuvini boshdan kechirgan
    Ba’zi davlatlarning uning vatani odatlari va an’analaridan jiddiy farq qilgan. U Sahroi Kabir hududidagi ayollarning ochiq kiyinishidan hayratga tushgan. Uning madaniyati va Islom sivilizatsiyasi uchun yot bo‘lgan bu kabi holatlar bo‘lajak ilohiyotshunosda ziddiyat uyg‘otgan.

    9. U safarining ilk yillarida Qohirada bir olim bilan uchrashib qoladi
    Aynan u yosh yigitning jahongashta bo‘lishini bashorat qilib, Hindiston, Xitoy va Janubi-sharqiy Osiyoda yashayotgan musulmon birodarlarga o‘z salomini yetkazishini so‘ragan. Ibn Battuta haqiqatan ham qohiralik olim aytgan odamlar bilan uchrashib chiqadi va uning iltimosini bajaradi.

    10. Uning sayohatlar haqida yozilgan kitobi Hindiston, Pokiston va boshqa mamlakatlarda tarixiy manba sifatida keng qo‘llanadi
    Sayohatlari dovrug‘i shunchalar yoyilganidan, uning ismi adabiy asarlarda tez-tez qayd etib o‘tilgan. Ibn Battuta yo‘lida uchragan har bir madaniyat va sivilizatsiyani diqqat bilan o‘rgangan. Uning yurishlari XIV asr haqida taassurot uyg‘ota oladi. Tarixchilar uning yo‘l kundaligidan Islom dini Afrika va Osiyoda qanday yoyilganini aniqlash uchun foydalanishgan. Kitob Yevropa va Osiyoning 80dan ortiq tillariga tarjima qilingan.

    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Buyuk jahongashta Ibn Battuta haqida qiziqarli 10ta fakt