14:47 / 12.12.2019
3 168

Alimentchi ota aliment pullarini oldindan toʻlab berdi

Alimentchi ota aliment pullarini oldindan toʻlab berdi
Fuqarolik ishlari boʻyicha Andijon tumanlararo sudining sud buyrugʻiga asosan Oltinkoʻl tumanida yashovchi qarzdor D.Mamajonovdan undiruvchi Z.Turgʻunovaga bir nafar voyaga yetmagan farzandi taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan.

Majburiy ijro byurosi Oltinkoʻl tuman boʻlimi davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari hamda profilaktik suhbatlar natijasida ota oʻzining farzandi moddiy taʼminoti uchun 18 yoshga toʻlgunga qadar hisoblangan 6 mln 800 ming soʻmni toʻlab berdi.

Shu bilan aliment undirish haqidagi ijro ishi yurituvi tamomlandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alimentchi ota aliment pullarini oldindan toʻlab berdi