13:39 / 12.12.2019
4 163

“Ravon”da ravon yuray desangiz, qarz boʻlmang

“Ravon”da ravon yuray desangiz, qarz boʻlmang
Majburiy ijro byurosi Baliqchi tuman boʻlimiga Fuqarolik ishlari boʻyicha Andijon viloyat sudi kassatsiya instansiyasining 15.02.2019-yil kungi daʼvogar O.A.ning javobgar X.X.dan qarzni undirish daʼvosi boʻyicha ajrimi kelib tushgan. Mazkur sud hujjatiga koʻra fuqaro X.X. daʼvogar O.A.ga 34 mln. 628 ming soʻm toʻlashi lozim boʻlsada, bundan boʻyin tovlab yashirinib yurgan.

Majburiy ijro byurosi Baliqchi tuman boʻlimining xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida joriy yilning 10-dekabr kuni javobgar X.X. Oltinkoʻl tumani hududidan topilib, “Ravon-3” rusumli avtomashinasi jarima maydoniga olib kirib qoʻyildi.

Avtomashinasi jarima maydoniga tortib qoʻyilgan fuqaro ertasi kuni, yaʼni 11.12.2019-yil kuni ijro hujjati boʻyicha toʻlashi lozim boʻlgan 34 mln. 628 ming soʻm pullarni naqd toʻladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Ravon”da ravon yuray desangiz, qarz boʻlmang