19:53 / 12.12.2019
5 306

Rashkchi xotin taksichi erini mashina yukxonasidan poylashga qaror qildi

Rashkchi xotin taksichi erini mashina yukxonasidan poylashga qaror qildi
Meksika poytaxti Mexikoda istiqomat qiluvchi ayol taksichi erini poylash uchun oʻgʻli bilan mashina yukxonasiga yashirinib oladi, deb yozadi “Lenta.ru”.

Rashkchi xotin tungi smena vaqtida erining iziga tushishga qaror qiladi. Kris Astudilyo ismli mijozning aytishicha, taksi haydovchisi yukxonadan gʻalati tovush kelayotganini eshitib qoladi.

Haydovchi yukxonani ochganda, ne koʻz bilan koʻrsinki, u yerda xotini bilan oʻgʻli yotibdi. Ayol baqir-chaqir qilib, shu zahoti old oʻrindiqqa oʻtirib oldi.
Astudilyo boʻlayotgan voqea-hodisani suratga olib, “Facebook”ga joylaydi.

— Tasavvur qiling, taksida ketyapsiz, birdan erining ortidan poyloqchilik qilib yurgan haydovchining xotini yukxonaga yashirinib olganini koʻrib qolasiz! — deydi u.
— Uni farzandi toʻgʻrisida qaygʻurishdan koʻra eriga poyloqchilik qilish koʻproq tashvishga soladi. U bolani parvarish qilishga tayyor emas, — deb yozadi “Facebook” foydalanuvchilaridan biri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rashkchi xotin taksichi erini mashina yukxonasidan poylashga qaror qildi