Muftiy Usmonxon Alimov oilasida katta yo‘qotish

  • 12 dekabr 2019, 15:32
  • 3 735
  • Jamiyat
  • Muftiy Usmonxon Alimov oilasida katta yo‘qotish
    Muftiy Usmonxon Alimovning oilasida katta yo‘qotish yuz berdi.
    O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining ukasi Sultonxon Alimovning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etdi.

    Alloh taolo oxirat safariga kuzatilayotgan marhumning gunohlariga kafforat qilib, barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin.
    Haq taolo marhumning ahli-ayoli, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarga ajru mukofotlar ato etsin.

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan muftiy hazratlariga va marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz
    ”, — deyiladi xabarda.

    Janoza namozi 2019 yil 13 dekabr kuni soat 11:00 da Samarqand viloyati Ishtixon tumani Orlot qishlog‘ida bo‘ladi.

    Fursatdan foydalanib, “Zamin” jamoasi ham Muftiy Usmonxon Alimovning yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi.

    » » Muftiy Usmonxon Alimov oilasida katta yo‘qotish