Ayol kishini 50 000 000 so‘mga aldab ketgan ikki nafar shaxs ushlandi

  • 12 dekabr 2019, 20:41
  • 709
  • Jamiyat
  • Ayol kishini 50 000 000 so‘mga aldab ketgan ikki nafar shaxs ushlandi
    Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joriy yilning 8 dekabr kuni tuman prokuraturasidan hujjatlar tushgan. Bu haqda IIV xabar bermoqda.

    Ularga ko‘ra, shu yil 1 avgust kuni Yunusobod tumanida yashovchi, 1952 yilda tug‘ilgan fuqaro T.R. va birga yashovchi jiyani, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro U.R. Samarqand viloyatida yashovchi, 1950 yilda tug‘ilgan S.O. ismli ayolga Yunusobod tumanida qurilayotgan yangi turar-joy kompleksidan uy olib berishni va’da qilib, undan 50.000.000 so‘m pulini olganlar va shu kunga qadar bergan va’dalarini bajarmasdan, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari ko‘rsatilgan.

    Firibgarlikda gumonlanuvchi fuqarolar T.R va U.R. ushlangan.
    Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Ayol kishini 50 000 000 so‘mga aldab ketgan ikki nafar shaxs ushlandi