O‘zFA
Shoabdumalik ota yodgorligi Toshkentdan 40 km. masofada Ohangaron magistralining yonida, Ohangaron daryosining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan.
Yodgorlikning janubiy va janubi-sharqida joylashgan aholi punkti hududida ko‘p yillar davomida ruxsatsiz shudgorlash va ekin ekish ishlari olib borilgan. 2018 yildan buyon bu yerda “Oltin Meros” xalqaro xayriya jamg‘armasining Toshkent viloyati bo‘limi tashabbusi hamda moliyaviy ko‘magi bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti va Tarix instituti qo‘shma ekspeditsiya guruhi tomonidan kichik qidiruv ishlari olib borildi.
Ilmiy izlanishlar natijasida ushbu yodgorlikda Qoraxoniylar davriga oid (X-XI asrlar) turarjoy majmuasi topildi. Ushbu yodgorlikni saqlab qolish uchun qazilma ishlari olib borilgan umumiy maydoni 200 kv.m. joyning tepasiga ship o‘rnatildi. Bu Toshkent viloyatida o‘rab olingan arxeologik yodgorlikning birinchisi bo‘ldi, deb xabar berdi O‘zFA matbuot xizmati.
Shodmalik ota majmuasi hozirgi shaklda turistik diqqatga sazovor joy bo‘lib, unga Shodmalik ota maqbarasi, arxeologik joy - ochiq osmon ostidagi muzey va statsionar arxeologik baza kiradi. Kelajakda Shodmalik ota majmuasi negizida arxeologik muzey qurilishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?