09:20 / 13.12.2019
2 766

2019 yilda Toshkent shahriga qancha sayyoh tashrif buyurdi?

2019 yilda Toshkent shahriga qancha sayyoh tashrif buyurdi?
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati hokimlik huzuridagi Turizmni rivojlantirish departamenti direktorining oʻrinbosari Izzatbek Joʻrayev bilan suhbat oʻtkazdi.

Suhbat davomida Izzatbek Joʻrayev Toshkentda turizmni rivojlantirish konsepsiyasi haqida gapirdi. “Toshkentda 2019-2020-yillarda turizmni rivojlantirish toʻgʻrisidagi” konsepsiyasi asosida bir qancha rejalar mavjudligini aytib oʻtdi:

– Toshkent shahridagi mavjud diqqatga sazovor joylarni balandlikdan tomosha qilish imkoniyatini beruvchi obyektlar roʻyxatini shakllantirish va ushbu binolarning eng yuqori qavatini ijara asosida tashabbuskor investorlarga berish;
- Xorijiy sayyohlarga xizmat koʻrsatish axborot markazlarining sonini bosqichma-bosqich 100 tagacha yetkazish;
- Toshkent aholisi oʻrtasida shahar kunini belgilash boʻyicha soʻrov oʻtkazish;
- Turistlar tomonidan “Romanovlar saroyi” ga tashrif buyurilishi uchun imkoniyat yaratish;
- Sogʻlomlashtirish turizmiga ixtisoslashgan turoperatorlarning faoliyatini tashkillashtirish boʻyicha dastur ishlab chiqish;
- Toshkent shahrida mavjud koʻrgazma zallarini aniqlash va roʻyxatini shakllantirish;
- Toshkent hududini chuqur oʻrgangan holda, kinematografik salohiyatga ega joylarni aniqlash va roʻyxatini shakllantirish hamda alohida kino pavilyonlarini tashkil etish;
- Xorijlik kino ustalarini jalb qilgan holda Toshkent haqida hujjatli va badiiy film suratga olish.

Shuningdek, departament vakili 2019-yilda shahrimizga tashrif buyurgan turistlar soni haqida ham maʼlumot berdi.

"2019-yilning yanvar-noyabr oylarida Toshkentga sayyohlar oqimi 19% ga oshdi. Agar 2018-yilning yanvar-noyabr oylarida Toshkentga 799 153 nafar sayyoh tashrif buyurgan boʻlsa, joriy yilning shu davri ichida ularning soni 947 113 nafargacha oʻsdi.

Oʻrta hisobda ular Toshkentda ikki kunga qolishadi, lekin Toshkent shahar turizmni rivojlantirish departamenti ushbu muddatni 3-4 kungacha yetkazish ustida ish olib bormoqda. Buning uchun hokimlik bilan birgalikda yangi turistik marshrutlar ishlab chiqilib, oyma-oy turistik tashkilot va operatorlarga taklif qilinadi. 2019-yilda 32 turistik marshrut ishlab chiqilib, roʻyxatga kiritildi (maʼlumotlar dekabr oyining boshiga qayd etilgan).

Toshkent shahar turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan 2019-yilda 10 ta turistik axborot markazi barpo etilgan (Toshkent aeroporti, Navroʻz bogʻi, Suzuk ota majmuasi, Oloy bozori va 6 yirik mehmonxona). Ushbu axborot markazlarida xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun tarqatma materiallar, shu jumladan, diqqatga sazovor joylar, restoranlar, mehmonxonalar aks ettirilgan turistik yoʻnalishlar hamda Toshkent xaritalari taklif etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2019 yilda Toshkent shahriga qancha sayyoh tashrif buyurdi?