12:25 / 14.12.2019
3 646

Qarshidagi pasport stolda odamlar soatlab navbat kutmoqda

Qarshidagi pasport stolda odamlar soatlab navbat kutmoqda
O‘zbekistonda biometrik pasport olmagan fuqarolar nobiometrik pasportlarini almashtirish muddati 2019 yil 31 dekabr etib belgilangan bo‘lib, biometrik pasportga ega bo‘lmagan fuqarolar zaruriy hujjatlarini olib Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlariga murojaat qilmoqda.
Yil yakuni yaqinlashgani sayin xalq tilida “Pasport stol” deb aytiluvchi bo‘limlarda turnaqator navbatlar yuzaga keladi.
Afsuski, Qarshi shahrida joylashgan Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi bundan mustasno emas.

“Nasafnews” muxbirining aytishicha, kecha erta tongdan bo‘limda turnaqator navbatlar yuzaga kelgan. Ayrim fuqarolar oddiy hujjatlarni tasdiqlash uchun soatlab navbat kutmoqda.

E’tiborlisi imkoniyatlar to‘liq yaratilmagan bo‘limda 20 nafar odamga 1 kishi xizmat ko‘rsatmoqda. Xizmat ko‘rsatish sifati qoniqarli emasligi, fuqarolarning savollariga mutaxassislar o‘z vaqtida aniq javob bermasligi ko‘rinib turibdi.

Kutish zallarida o‘rnatilgan o‘rindiqlarning soni kamligi tufayli odamlar bir joyga to‘planib qolmoqda.
Qarshi shahar Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi bu muammoning yechimini nahotki topa olmasa?

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarshidagi pasport stolda odamlar soatlab navbat kutmoqda