15:13 / 13.12.2019
11 194

Ruhiy asab kasalliklari shifoxonasi “o‘zga sayyoraliklar bilan uchrashgan” Jumanazar akaga tashxis qo‘ydi

Ruhiy asab kasalliklari shifoxonasi “o‘zga sayyoraliklar bilan uchrashgan” Jumanazar akaga tashxis qo‘ydi
Ijtimoiy tarmoqda "o‘zga sayyoraliklar bilan uchrashgani" sabab mashhur bo‘lib ketgan Jumanazar Rahmonovning Namangan viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasi tomonidan tasdiqlangan kasallik diagnozi rasmi tarqaldi.

Ekspertlar komissiyasi xulosasiga ko‘ra, Jumanazar Rahmonov yurish-turish, hayot tarzi, xatti-harakatlarida atrof muhitdan qoniqmaslik, o‘zining gallyutsinator-fantastik vasvasa g‘oyalari ta’sirida fantastik kechinmalari, davriy oneyroid ong buzilishlari, o‘zining fikrlarida qat’iy turishi, ayni vaqtdagi gallyutsinator-fantastik kiritmalari, o‘zga olam, o‘zga sayyora haqidagi qat’iy fikrlari korreksiyaga tushmasligi, 1990 yilda ham yuqoridagi ruhiy buzilishlar kuzatilgani undagi "rekkurent shizofreniya, gallyutsinator-fantastik vasvasa sindromi" tashxisini tasdiqlaydi.

Shuning uchun Jumanazar Rahmonov aqli noraso deb topiladi. Ruhiy holatiga ko‘ra, Namangan viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida g‘ayriixtiyoriy ravishda davolanishga muhtoj, deyiladi ekspertlar xulosasida.

Oktyabr oyida o‘zga olam vakillari bilan uchrashgan otaxon paydo bo‘lgani haqidagi xabar o‘zbek internetini "portlatgandi". Jumanazar aka noma’lum mavjudotlar bilan uchrashgani va ularning olamiga borib, tuzalmas dardlarga shifo topish yo‘llarini o‘rganib kelganini da’vo qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ruhiy asab kasalliklari shifoxonasi “o‘zga sayyoraliklar bilan uchrashgan” Jumanazar akaga tashxis qo‘ydi