21:12 / 13.12.2019
8 828

Kadastr tizimida yangilik!

Kadastr tizimida yangilik!
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasi Matbuot xizmatining "Darakchi"ga xabar berishicha, "“Ko‘chmas mulk ob’ekti kadastr pasportining yangi namunasini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori imzolandi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 dekabrdagi 987-son qarori).

Unga ko‘ra, Davergeodezkadastr qo‘mitasining plastik shaklda tayyorlanadigan ko‘chmas mulk ob’ekti kadastr pasportining yangi namunasini 2020 yil 1 martdan boshlab Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida va 2020-2022 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda bosqichma-bosqich joriy etish belgilandi.

Mazkur qaror qabul qilinishi amaldagi 7-12 sahifadan iborat kadastr yig‘majildi o‘rniga yangi namunadagi kadastr pasportini joriy etishda aholi uchun mukammal (QR-kod matrik shtrixli kod) va qulay yagona hujjat vositasi sifatida hamda ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtiradi.

Bunda an’anaviy qog‘oz ko‘rinishdagi ko‘chmas mulk ob’ektlar xuquqini tasdiqlovchi kadastr pasportini o‘rniga yangi zamonaviy va qo‘shimcha imkoniyatlar ochib beruvchi (ID plastik yagona iditifikatsion) kartasi joriy etiladi.

2020 yil 1 martdan boshlab Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan mylk huquqi yoki boshqa ashyoviy xyquqlap vujudga kelgan, boshqa shaxsga o‘tgan, bekor bo‘lgan yoki ko‘chmas mulk ob’ektining huquqiy holati o‘zgarganligini tasdiqlash yuzasidan murojaat qilinganda, ariza beruvchiga davlat xizmatlari markazlari orqali yangi namunadagi kadastr pasporti beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kadastr tizimida yangilik!