16:30 / 14.12.2019
3 096

Qarzdorga tegishli uy sotilishiga bir bahya qoldi

Qarzdorga tegishli uy sotilishiga bir bahya qoldi
Majburiy ijro byurosi Qarshi shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining ijro varaqalariga asosan qarzdor Qarshi shahridagi xususiy korxonasi hisobidan undiruvchi M.Rozeqova va T.Usmonovlarning foydasiga 118 mln. 500 ming so‘m pul mablag‘i, 2 mln. 390 so‘m sud harajatlari va 2 mln. so‘m ma’naviy zarar undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan edi.

Qarzdor o‘z hohishi bilan zarar pullarini to‘lashdan bosh tortib kelganligi sababli nomidagi mol-mulkini aniqlash maqsadida vakolatli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan bo‘lib, olingan javob xatlariga ko‘ra, qarzdor xususiy qurilish korxonasiga tegishli bo‘lgan Qarshi shahridagi 4 qavatli turar joy binosi borligi aniqlangan hamda ushbu turar joy binosining 27-xonadoni xatlab olinib, 233 mln. 943 ming so‘mga baholanib, “Ye-ijro auksion” elektron-onlayn auksionlarini tashkil etish markazi orqali savdoga chiqarilgan.

Majburiy ijro byurosi Qarshi shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro xarakatlari davomida, xatlangan bino sotilib ketmasligi uchun qarzdor xususiy korxonasi tomonidan qarzdorlik to‘liq bartaraf etilib, undiruvchilar M.Rozeqova va T.Usmonovlarga tilxat orqali topshirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdorga tegishli uy sotilishiga bir bahya qoldi