Yalpi majlisni ochib berish davomida so‘zlagan nutqida Senat raisi Tanzila Norboyeva xalq bilan muloqot, xususan fuqarolar bilan ishlash tizimiga oid fikrlarini bildirdi.
“Davlatimiz rahbari tomonidan qo‘yilgan qat’iy talablar asosida xalq bilan muloqot, jumladan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash barcha darajadagi davlat idoralari faoliyatining asosiy mezonlaridan biriga aylandi.
O‘tgan davrda bu borada Senatda ham muhim qadamlar qo‘yildi. Avvalo, Senatning virtual qabulxonasi tashkil etildi. Senatorlar tomonidan joylarda sayyor qabullar tashkil etish muntazam yo‘lga qo‘yildi, hamyurtlarimizni tashvishga solayotgan masalalar yuzasidan zarur choralar ko‘rildi.
Mahalliy kengashlarda yuzlab muhokamalar tashkil etildi. Hokimlar, sektor rahbarlari va boshqa turli darajadagi mutasaddilarning hisobotlarini eshitdik. Ko‘plab qarorlar, chora-tadbirlar, “Yo‘l xaritalari” qabul qildik. Ularning ijrosini qat’iy nazoratga oldik va ular bajarilmoqda.
Biroq, o‘tgan davrda xalq bilan muloqot qilish, odamlarning og‘irini yengil qilish borasida ko‘zlagan marralarimizga yetdik, deya olamizmi? Oddiy odamlar ushbu jarayonlardan xabardormi? Fuqarolar parlament a’zolari hududga kelib, ularni qiynayotgan masalalarda o‘rganishlar va tahlillar o‘tkazayotganini biladimi, bilgan taqdirda ham ular bilan yuzma-yuz ko‘rishib, o‘z muammolarini ro‘y-rost ayta olyaptimi? Umuman, xalqimiz o‘zi saylagan deputat yoki senatorlarni taniydimi?
Afsuski, bunday savollarga to‘liq ijobiy javob berish qiyin”, - deydi Tanzila Norboyeva. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!