Prokuror qarori ustidan sudga murojaat qilish tartibi joriy etilishi kutilmoqda

  • 15 dekabr 2019, 22:37
  • 526
  • Jamiyat
  • Prokuror qarori ustidan sudga murojaat qilish tartibi joriy etilishi kutilmoqda
    O‘zbekistonda prokuror qarori ustidan sudga murojaat qilishi tartibi joriy etilishi kutilmoqda.

    Prezident qarori bilan 2020 yil 1 mayga qadar prokuror, surishtiruvchi yoki tergovchining jinoyat ishini qo‘zg‘atish, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish, taftish tayinlash, surishtiruv yoki dastlabki tergovni to‘xtatish va jinoyat ishini tugatish haqidagi qarorlari ustidan manfaatdor shaxslar tomonidan bevosita sudga shikoyat qilish nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

    Bundan tashqari, sud ishlarini hal etishga aralashish, jumladan ishning har tomonlama, to‘la va xolisona o‘rganilishiga to‘sqinlik qilish, adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarilishiga erishish maqsadida sudyaga turli shaklda ta’sir o‘tkazish holatlari bo‘yicha javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari ishlab chiqiladi.

    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Prokuror qarori ustidan sudga murojaat qilish tartibi joriy etilishi kutilmoqda