17:43 / 16.12.2019
3 107

Noqonuniy olib kirilayotgan 384 million so‘mlik tovarlar to‘xtatib qolindi

Noqonuniy olib kirilayotgan 384 million so‘mlik tovarlar to‘xtatib qolindi
Yurtimizga tovar moddiy boyliklarni noqonuniy olib kirishga urinish holatlariga bojxona organlari tomonidan o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.

Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ vakillari bilan hamkorlikda Uchqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida fuqaro F.R. boshqaruvidagi “GAZ-53” yuk avtomashinasi belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashinada tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 384 million so‘mlik, 12 turdagi maishiy texnika hamda parfyumeriya mahsulotlari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Noqonuniy olib kirilayotgan 384 million so‘mlik tovarlar to‘xtatib qolindi