Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida Nexia yo‘lda qazilgan chuqurga tushib ketdi

  • 17 dekabr 2019, 08:00
  • 671
  • Jamiyat
  • Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida Nexia yo‘lda qazilgan chuqurga tushib ketdi
    Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Oltintepa ko‘chasida 14 dekabr, shanba kuni taxminan soat 19:10 da yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Hodisaga uchragan avtomobil yo‘lda qazilgan chuqurga tushib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

    Ma’lum qilinishicha, Nexia avtomobili haydovchisi 39 yoshli Bobur E. boshqaruvni eplay olmagan hamda avtomobil ogohlantiruvchi belgilarni va to‘siqlarni chetlab, ta’mirlash xizmatlari tomonidan qazilgan chuqurlikka tushib ketgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

    Nexia haydovchisining so‘zlariga ko‘ra, YTHga yo‘lda xavfli vaziyatni yuzaga keltirgan boshqa avtomobil sabab bo‘lgan, ammo u o‘sha transport vositasi rusumini yoki davlat raqamini eslab qola olmagan. Ushbu ma’lumotni tekshirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda, deyiladi IIBB xabarida.

    Toshkent shahar IIBBning qayd etishicha, chuqur qazilishiga sabab bo‘lgan gaz o‘tkazgichning ta’mirlash ishlari ancha vaqtdan beri olib borilmoqda. Joriy yilning 22 noyabr kuni ta’mirlash brigadasi rahbariga nisbatan YHXB xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 147-moddasi bo‘yicha, ya’ni ishlar olib borilgan joyda qoidalarga muvofiq ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatilmaganligi sababli bayonnoma rasmiylashtirilgan.

    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida Nexia yo‘lda qazilgan chuqurga tushib ketdi