10:43 / 17.12.2019
2 935

Suhbat odobini bilasizmi?

Suhbat odobini bilasizmi?
1. Suhbatdoshingizni yuziga qarab salomlashing, boshqa tomonga alanglab so‘rashish odobdan emas.
2. Qo‘l berib so‘rashganda qo‘lni qattiq siqib ham yubormang, nomiga silab ham qo‘ymang. Xo‘l qo‘l bilan so‘rashmang.
3. Suhbat chog‘ida suhbatdoshingiz aftiga qarab esnamang, esnaganda kaftingiz bilan og‘zingizni to‘sing.
4. Sizga diqqat bilan gapirayotganda qo‘l telefoningizga tikilib o‘tirmang.
5. Suhbat qizib, Sizga biron muhim masalani gapirib turganda: “Anavu odamni kurtkasi Gucci ekan” deb suhbatni "tarasha" tushganday bo‘lib yubormang.
6. Kuyinib biron nimani gapirayotganda telefoningizni quloqqa tutib, o‘girilib ketmang. Zarur bo‘lsa, izn so‘rab qo‘yish go‘zal odobdan! "Uzr javob berib yuborsam bo‘ladimi?" deyish suhbatdoshga hurmat bo‘ladi.
7. Fikrining tugatishini kuting.
8. Taom ustida suhbatlashsangiz og‘zingizni kichikroq ochib, chappilamay yeng.
9. Jiddiy mavzuni hazilga aylantirmang.
10. Ish yuzasidan telefonda biron rasm ko‘rsatsa, ko‘rib bo‘lib, boshqa rasmlarni varroqlashga tushmang. O‘zi ruxsat bersa, varroqlang.

«O‘zimga o‘gitlar» turkumidan
Kamoliddin Muhammad

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Suhbat odobini bilasizmi?