Urgut tumani hokimi Mamatjon Turdiyev o‘z oilasi bilan qish faslida tog‘li hududda yashayotgan aholining turmush tarzini o‘rganish, qish faslida qishloq ahli hayoti, oddiy kun kechinmalarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish, his etish uchun bir tun qishloqda mehmon bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tuman hokimi ikki nafar farzandi va turmush o‘rtog‘i bilan tumanning eng chekka tog‘li qishlog‘i Soyg‘o‘sda qish fasli hayoti bilan yaqindan tanishdi.
Soyg‘o‘s mahallasi tumanning eng chekka tog‘li hududi oxirgi qishlog‘i hisoblanadi, bu yerda 5 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi.
“Qishloq ahli odamlariga ta’zim qilaman. Meni va oilamni samimiy, yurakdan qabul qilganlari uchun. Qishloqlarda muammolar ham yetarli, hokimlikning bu yerlarda amalga oshiradigan ishlari talaygina. Qishloq ahli bilan kengashib, o‘zim bajarishim kerak bo‘lgan ishlar chora-tadbirlarini belgilab oldim. Rejalar tuzdim.
Foto: O‘zA
Xalqqa yaqinlik odamni o‘zligiga, ezgulikka chorlaydi. Sandal atrofida bobolar bilan qishloq tarixi, buguni, kelajagi haqida uzun suhbatlar qurdim. Bolalarimga ham o‘zimning shunday kechgan yoshligim haqida so‘zlab berdim. Qishloq xalqi boshqacha, ularning fazilatlarini ta’riflashga til ojiz, buni yurakdan his qilish kerak“, deydi Urgut tumani hokimi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi