15:50 / 17.12.2019
5 560

O‘zbekiston musulmonlari idorasi: Archa bezatish – sog‘liq jihatidan foydalidir

O‘zbekiston musulmonlari idorasi: Archa bezatish – sog‘liq jihatidan foydalidir
Kuni kecha O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi direktorining o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur yangi yilni nishonlashning shar’an zarari yo‘qligini aytib, odamlarni shukr qilishga chaqirdi.

Bugun esa, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari Ibrohimjon Inomov yangi yilni nishonlash va archa bezatish haqidagi mulohazalarini bayon etdi.

Dastlab, ijtimoiy tarmoqlarda rusiyzabon kishi “Alisa” ovozli qidiruv tizimidan musulmonlar Yangi yilni bayram qilishi mumkin yoki mumkin emasligi haqida so‘ragani tanqid qilingan.

Musulmonlar idorasi “nega shuncha ulamolar turib, aynan “Alisa”dan Islom dinida yangi yilni nishonlash mumkin yoki emasligi haqida so‘raldi? Bu savol nima maqsadda so‘raldi va nega aynan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatildi?“ degan savollarni qo‘ygan.

...Yil poyonida bir yillik faoliyatni sarhisob qilish, kamchiliklardan xulosa chiqarib, muvaffaqiyatlarga shukrona keltirish, Yangi yilda yangi rejalarni tuzib olish maqsadida shukrona dasturxoni yozishning nimasi yomon?“- deyiladi maqolada.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari Ibrohimjon Inomov
Shuningdek, Musulmonlar idorasi vakili archa bezatish haqida ham tavsiyalar berib o‘tdi:
Aslida archani bezatish diniy nuqtai nazardan emas, balki sog‘liq jihatidan foydalidir. Chunki archa nafaqat sog‘liq, ayni paytda yog‘och o‘ymakorligi, naqshlar solish, eshik-derazalar yasashda ham keng qo‘llaniladi. Archada sog‘liq uchun foydali omillar bisyor. Misol uchun, archada efir moyi, qatron, qand, mum va organik kislotalar ko‘p“.

Xulosa sifatida, Musulmonlar idorasi yangi yil bayramini nishonlash har kimning o‘z ixtiyoriga havola etib, oila davrasida shukrona dasturxoni yozishning zarari yo‘qligini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston musulmonlari idorasi: Archa bezatish – sog‘liq jihatidan foydalidir