17:11 / 17.12.2019
4 822

Korrupsiya - mamlakat rivojiga tahdid!

Korrupsiya - mamlakat rivojiga tahdid!
Korrupsiya har qanday jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy hayotiga xavf soladigan, qolaversa, mamlakat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan illatdir.
Korrupsiya nima? Bu haqda hammaning o‘ziga xos tasavvuri, tushunchasi bor, albatta. “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida unga shunday ta’rif berilgan: «korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish».

Oddiy xalq orasida korrupsiya deganda ko‘pincha davlat amaldorlarining shaxsiy boylik orttirish hamda davlat, jumladan xalq manfaatlari va resurslariga ziyon yetkazish maqsadidagi poraxo‘rligi tushuniladi. Gap xususiy soha to‘g‘risida ketayotgan bo‘lsa, unda odatda yirik ko‘lamdagi poraxo‘rlik yoki xususiy korxona mulkini talon-taroj qilish nazarda tutiladi.

Aslini olganda korrupsiya tushunchasi anchayin keng bo‘lib, quyi tabaqadan tortib to yuqori tabaqagacha bo‘lgan aholining deyarli barcha ijtimoiy qatlamlari, nafaqat davlat, balki xususiy sohalarni ham qamrab oladi.
Korrupsiyada doim kamida ikki tomon ishtirok etadi: bunda bir tomondan noqonuniy yo‘l bilan boylik orttirayotgan (o‘zi yoki uchinchi shaxs uchun) mansabdor shaxs va boshqa tomondan mansabdor shaxsdan aktiv yoki passiv usulda uning manfaatini ko‘zlovchi qaror qabul qilinishini kutayotgan shaxs.

Huquqni muxofaza qilish tizimidagi korrupsiya milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi omillardan biri hisoblanadi, chunki u moliya tizimini, aholining davlatga bo‘lgan ishonchini, shuningdek, davlat xizmatchilarining o‘zlarining boyliklaridan foydalanib, o‘zlarining milliy manfaatlarini himoya qilish qobiliyatiga putur yetkazadi. Huquqni muhofaza qilish sohasidagi ushbu hodisaning sabablari orasida quyidagilar mavjud.
- shaxsning huquqbuzarlik uchun javobgarlikdan qochish istagi;
- huquqiy ongning past darajasi va pora beruvchi tomonidan qonun talablarini e’tiborsiz qoldirish, uning pora maqsadga muvofiqligiga ishonishi;
- odamning asossiz xayolparastligi, boshqa odamlarning "maslahati bilan" harakat qilish moyilligi;
- qonuniy da’volar ham qonuniy ravishda qondirilishi mumkin yemas degan ishonch;
- huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining mehnat faoliyatini moliyalashtirishning yetarli yemasligi va boshqalar.

Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlar sharoitida davlat qurilishi va huquqiy siyosatning mazmun va mohiyatini aniqlashtirish, uning maqsad va vazifalarini islohotlarning bugungi taraqqiyoti asosida shakllantirib borish, inson manfaatlarini ta’minlashning strategik jihatdan yangi vositalar bilan bir qatorda, ham taktik xususiyatga ega bo‘lgan yangi usullarni qo‘llash, shaxs hamda jamiyat manfaatlarini yanada samaraliroq himoya qilish, korrupsiyaning oldini olishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish ehtiyoji vujudga kelishi bilan belgilanadi va bu illatga qarshi kurashish, poraxo‘rlikning barcha ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlar qilinmoqda. Xususan, 6 bob va 34 moddadan iborat “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar va me’yorlar belgilangan.

Shuningdek, Prezidentimizning 2018 yil 12 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi farmonida bojxona organlari tizimida korrupsiya ko‘rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish, xalqning ishonchini mustahkamlash va davlat bojxona xizmati xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan bo‘lib, bojxona organlarida korrupsiya va tamagirlikka qarshi kurashish, turli salbiy illatlarning oldini olish masalasi hamisha ustuvor vazifalardan biri bo‘lib kelmoqda.

Bojxona xodimlari tomonidan korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik masalasiga alohida e’tibor qaratilib, bojxona organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida profilaktika ishlarini, korrupsiyaga qarshi kurashishni kuchaytirish hamda tizimda nopok xodimlarga nisbatan murosasizlik muhitini yaratish maqsadida kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, faoliyatga tatbiq etilmoqda. Natijada bojxona postlarining ish unumdorligi, qonunbuzarlik va poraxo‘rlik illatlarini oldini olish maqsadida xodimlarning funksional vazifalari, huquq va majburiyatlari kuchaytirilib, doimiy moddiy rag‘batlantirilib borilmoqda.

Hozirgi kunda mamlakatimiz Prezidenti, Xukumatimiz va DBQ Raisi tomonidan xodimlarga bir qancha qulayliklar yaratilayotganligi, bunday imkoniyatlarni qadriga yetib, chin dildan o‘z xizmat vazifalarini amalga oshirish, berilgan topshiriqlarni sidqidildan o‘z vaqtida bajarish lozim va Vatan manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘ygan, xalqning dardini o‘z dardi deb bilgan xodimdan poraxo‘rlik kabi illat ortga chekinishi, shubhasiz!

F.Karimov
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi
Katta inspektori

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Korrupsiya - mamlakat rivojiga tahdid!