17:53 / 17.12.2019
4 228

MIB: biz fuqarolarimizning bankdagi hisobraqamlariga taqiq qo‘yishni to‘xtatmoqdamiz!

MIB: biz fuqarolarimizning bankdagi hisobraqamlariga taqiq qo‘yishni to‘xtatmoqdamiz!
Joriy yilning 17 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Jismoniy shaxslarning hisobraqamlariga qo‘yilayotgan taqiq(cheklov) masalalari” mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda, Byuro direktori o‘rinbosari Sh.Xaydarov, Byuro markaziy apparati mas’ul xodimlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari hamda rasmiy elektron nashr vakillari ishtirok etishdi.

Hozirda Majburiy ijro byurosi Markaziy bank va boshqa mutasaddi idoralar bilan - jismoniy shaxslarning plastik kartochkalaridagi taqiqlarni qo‘yish va yechish masalalarini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqmoqda.
Bunda asosiy e’tibor - fuqarolarning qarzdorligi uchun plastik kartochkalariga qo‘yilayotgan taqiqlarning haqqoniyligi va to‘g‘ri qo‘yilishiga qaratiladi.

Bu borada yangicha avtomatlashtirilgan platforma yo‘lga qo‘yilishi nazarda tutilayapti, ya’ni qarzdorlik bartaraf etilgach, taqiq elektron tarzda yechilib, fuqarolar turli instansiya va idora, tashkilotlarga murojaat etib, ovoragarchiliklarga duch kelmaydi. Bu haqida Majburiy ijro byurosi bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Ashurov o‘z ma’ruzasida ta’kidlab o‘tdi.

Bundan tashqari, Byuroning rasmiy sayti orqali ham fuqarolarimiz o‘z qarzdorliklari haqida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin.
Yana bir yo‘lga qo‘yilishi lozim bo‘lgan yangilik - xalqaro aeroport va temiryo‘l vokzallarida fuqarolar o‘zlarining qarzdorliklari haqida ma’lumotga ega bo‘lishganida, uni zudlikda to‘lab, bartaraf etish imkoni yaratilishi nazarda tutilmoqda.

Bu esa, qarzdorlarning chetga chiqish va safarlarga borishiga to‘sqinlik qilish holatining oldini olishga imkoniyat yaratadi.
Yana bir muhim jihat, kommunal xizmatlar uchun fuqarolarning plastik kartochkalariga taqiq qo‘yish faqatgina, sud qarori asosida amalga oshiriladi.

Shuni aytishim kerakki, agarda fuqarolarimizda bankdagi hisobraqamlariga taqiq qo‘yilishida muammolar yuzaga kelgan taqdirda va bunga bog‘liq masalalar bo‘yicha Byuroda tashkil etilgan “1107” qisqa raqamli ishonch telefonlariga murojaat etishlari lozim bo‘ladi.

Asosiy e’tiborlardan yana biri – Majburiy ijro byurosi va bank xodimlarining fuqarolarning hisobraqamlari (plastik kartochkalari)ga taqiq qo‘yishda qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan yoki belgilangan tartibga amal qilmagan xodimlarga nisbatan qat’iy javobgarlik masalasi ham ko‘rilmoqda.

Markaziy bank tomonidan hozirda, qarzdor fuqarolarning hisobraqamlariga qo‘yilgan taqiq chorasi haqida (taqiq qo‘yilgan kunning ertasi kunidan kechiktirmagan holda) qarzdorga ma’lum qilish bo‘yicha tegishli hujjatlarga o‘zgartirish kiritildi.

Bu jarayondagi yangiligimiz - Majburiy ijro byurosi tomonidan energiya resurslari va qattiq maishiy chiqindi uchun to‘lovlarni undirish, shuningdek sud va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini ta’minlashning shaffof tizimini yaratish, qarzdorlarga xabar berish tizimini takomillashtirish hamda ixtiyoriy to‘lov madaniyatini oshirish maqsadida 2020 yilning 1 iyul kuniga qadar, jismoniy shaxslardan qarzdorlikni bank hisobraqamlaridan nizosiz tartibda hisobdan chiqarish va taqiq qo‘yish amaliyoti to‘xtatildi.

Bunga yana bir sabab sud yoki boshqa vakolatli organning qarori ijrosi ta’minlanganidan so‘ng, taqiqni yechish bo‘yicha tegishli idoralar yozma ravishda xabardor qilinishi, bu esa ortiqcha qog‘ozbozlik va noqulayliklarni yuzaga keltirganligini ham aytishimiz mumkin.

Endilikda, Majburiy ijro byurosi mas’ul xodimlari tomonidan Byuro, bank muassasalari va boshqa hamkor tashkilotlar o‘rtasidagi elektron axborot almashish tizimi integratsiyalashuvi, shuningdek banklar tomonidan jismoniy shaxslarning Yagona identifikatsiya tizimi yo‘lga qo‘yilganga qadar - sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari bo‘yicha qarzdor jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatiladigan bank hisobraqamlariga taqiq qo‘yilishi – taqiqlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: biz fuqarolarimizning bankdagi hisobraqamlariga taqiq qo‘yishni to‘xtatmoqdamiz!