11:20 / 18.12.2019
2 975

Bo‘yin tovlashning oqibati

Bo‘yin tovlashning oqibati
MIB Romitan tumani bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari buyicha Romitan tumanlararo sudining 2010 yil 29 noyabr kunidagi sud buyrug‘iga ko‘ra qarzdor R.Bozorovdan undiruvchi M.Xamroyeva foydasiga voyaga yetmagan farzandi 2010 yil 06 yanvar kuni tug‘ilgan Qayimov Muhammad Rauf o‘g‘lini moddiy ta’minoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa turdagi daromadlarining 1/4 qismi miqdoridagi mablag‘ni farzandi voyaga yetgunga qadar oy sayin to‘lab borishi to‘g‘risida aliment ishi mavjud.

24.07.2019 yilda Romitan tuman ma’muriy sudi tomonidan aliment qarzdorligini to‘lamagani uchun O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasiga asosan tayinlangan o‘n besh sutka ma’muriy qamoq jazosi R.Bozorov tomonidan o‘tab chiqilgan.

Biroq, qarzdor R.Bozorov bundan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, 2018 yil fevral oyidan 2019 yil dekabr oyiga qadar, ya’ni 22 oydan ortiq davr mobaynida jami 11.971.212 so‘mlik moddiy ta’minot pullarini to‘lamasdan kelib, voyaga yetmagan va moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab kelgan.

Mazkur holat bo‘yicha Majburiy ijro byurosi Romitan tuman bo‘limi tomonidan R.Bozorovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bo‘yin tovlashning oqibati