Qamoqxonalar IIVdan Adliya vazirligi tizimiga o‘tkaziladimi?

  • 18 dekabr 2019, 13:21
  • 778
  • Jamiyat
  • Qamoqxonalar IIVdan Adliya vazirligi tizimiga o‘tkaziladimi?
    O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafshon» zali Media hall’ida «Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

    «Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi» mavzusidagi tadbirda sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy tamoyiliga rioya etilishini ta’minlash, sud-tergov jarayonida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish, advokatning dalillar to‘plash va taqdim etish huquqini kengaytirish, ularning kafolatlarini ta’minlash, jinoiy va jinoiy-protsessual qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish, shu jumladan, iqtisodiy jinoyatlar sohasidagi normalarni erkinlashtirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashilmoqda.

    Adliya vaziri Ruslanbek Davletov jazoni ijro etish muassasalarining Adliya vazirligi tizimiga o‘tkazilish ehtimoli haqidagi savolga javob qaytardi.

    «Jazoni ijro etish muassasalari Adliya vazirligida emas, Ichki ishlar vazirligi tizimida to‘g‘ri turibdi. Qamoqxona va koloniyalarning bo‘ysinuvi bo‘yicha organ o‘zgargani bilan tizim o‘zgarib qolmaydi. Yaqin va o‘rta kelajakda bu masala ko‘rib chiqilmaydi», - dedi Ruslanbek Davletov.

    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Qamoqxonalar IIVdan Adliya vazirligi tizimiga o‘tkaziladimi?