14:25 / 18.12.2019
3 288

Fuqarolik qonunchiligimizni takomillashtirish yuzasidan Fransiya tajribasi o‘rganildi

Fuqarolik qonunchiligimizni takomillashtirish yuzasidan Fransiya tajribasi o‘rganildi
Joriy yilning 11-13 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 apreldagi F-5464-sonli “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoyishi ijrosi yuzasidan tuzilgan ishchi guruh a’zolari ishtirokida xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish maqsadida Fransiyaga xizmat safari tashkil etildi.

3 kun davomida Fransiya Respublikasi Adliya vazirligi, Parij Panteon Assas universiteti qoshidagi Qiyosiy huquq instituti, Kontinental huquqni o‘rganish instituti, Kassatsiya sudi hamda Sud’yalar va prokurorlar tayyorlash milliy maktabi hamda boshqa tashkilotlarda Fuqarolik kodeksining umumiy qoidalari, majburiyat huquqi, ashyoviy huquq, yuridik shaxslar, qimmatli qog‘ozlar, xalqaro xususiy huquq, oila va meros huquqi, intellektual mulk huquqi yo‘nalishlari bilan bog‘liq muhokamalar tashkil etildi.

Jumladan, tashrifning birinchi kuni Parij Panteon Assas universiteti qoshidagi Qiyosiy huquq institutida professor Benedikte Faurak-Kosson, Lui Suayr, hususiy huquq va qimmatli kog‘ozlar bo‘yicha professor Antuan Tuzain, shartnoma huquqi bo‘yicha ekspert Maksim Kormelar bilan savol-javob shaklida o‘tgan davra suhbatida Fransiya fuqarolik qonunchiligi bo‘yicha tajribasi o‘rganildi.

Fransiya Adliya vazirligidagi uchrashuvda Fransiyaning Fuqarolik kodeksi qabul qilingan (1804 yil)dan beri olib borilgan fuqarolik qonunchiligini isloh qilish bosqichlari o‘rganildi. Xususan, 2016 yilda Fransiya Fuqarolik kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar natijalari tahlil qilindi.

Kontinental huquqni o‘rganish institutiga tashrif buyurgan ishchi guruh a’zolari tomonidan yuridik shaxslar, intellektual mulk, shartnoma huquqi bo‘yicha Fransiya tajribasi batafsil o‘rganildi. Shu bilan birga, Fransiya Kontinental huquqni o‘rganish instituti bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti o‘rtasida huquqiy tadqiqotlar, qadrlar malakasini oshirish, o‘quv treninglar bo‘yicha hamkorlik qilish masalalari ham muhokama etildi.

Fransiyada uch kun davomida bo‘lib o‘tgan muhokamalar natijasida ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish Konsepsiyasi doirasida belgilangan vazifalar hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini tayeomillashtirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, ishchi guruh a’zolari va xorijiy ekspertlar bilan kelgusida fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Shu bilan birga, tashrif chog‘ida barcha tashkilotlarga, ekspertlarga 2020 yil 23-25 aprel kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan "Tashkent Law Sring” II Xalqaro yuridik forumi haqida ma’lumot berildi.
Tashrif O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va AQSH Xalqaro Rivojlanish Agentligi (USAID) hamkorligida amalga oshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqarolik qonunchiligimizni takomillashtirish yuzasidan Fransiya tajribasi o‘rganildi