15:30 / 18.12.2019
2 703

Velosipedlarni noqonuniy olib kirish rejasi chippakka chiqdi

Velosipedlarni noqonuniy olib kirish rejasi chippakka chiqdi
To‘lovlardan bo‘yin tovlash maqsadida tartib-qoidalarni chetlab o‘tishga uringan kimsalar bojxona organlari tomonidan o‘z vaqtida fosh etilmoqda.

Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari xorijiy davlatdan mamlakatimizdagi mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga yuborilgan velosiped ehtiyot qismlarini “Marg‘ilon” TIF postida belgilangan tartibda ko‘zdan kechirishdi.
Natijada, yuklar orasida hujjatlarda ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 151 million so‘mlik velosiped va uning ehtiyot qismlari borligi aniqlandi. Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Velosipedlarni noqonuniy olib kirish rejasi chippakka chiqdi