18:17 / 19.12.2019
4 346

Yunusobod metrosi qurilishidagi fojia yuzasidan aybdorlar ko‘pi bilan 5 yilgacha qamalishi mumkin

Yunusobod metrosi qurilishidagi fojia yuzasidan aybdorlar ko‘pi bilan 5 yilgacha qamalishi mumkin
Toshkent metropoliteni «Yunusobod» yo‘nalishining yangi qurilayotgan qismida 18 dekabr kuni yuz bergan va kamida olti ishchining o‘limiga sabab bo‘lgan tuproq ko‘chishi hodisasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 257-moddasi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 258-moddasi (tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan qo‘zg‘atilgan. «Tergov harakatlari olib borilmoqda», — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

Jinoyat kodeksining 257-moddasiga muvofiq, texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini shu qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan buzilsa va odam o‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, aybdor muayyan huquqdan mahrum qilinib, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

258-modda esa tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, muayyan huquqdan mahrum qilib, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni nazarda tutadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yunusobod metrosi qurilishidagi fojia yuzasidan aybdorlar ko‘pi bilan 5 yilgacha qamalishi mumkin