20:16 / 19.12.2019
5 489

2020 yildan mahalla raislaridan uch turdagi nafaqani tayinlash vakolati olib qo‘yiladi

2020 yildan mahalla raislaridan uch turdagi nafaqani tayinlash vakolati olib qo‘yiladi
Foto: AOKA. Ashrafxonov.
2020 yildan boshlab mahalla raislari va mahalla fuqarolar yig‘inidagi maxsus komissiyalarning uch turdagi nafaqani tayinlash vakolati olib qo‘yiladi. Bu haqda 18 dekabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

- Joriy yil aprel oyida Vazirlar Mahkamasining 308-sonli qarori chiqdi. Unga asosan ‘Ijtimoiy himoya yagona reyestri’ axborot tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. Mazkur tartib 1 oktabrdan boshlab Sirdaryo viloyatida tajriba loyihasi tariqasida sinovdan o‘tkazilyapti. Bu borada UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqdamiz. Ushbu xalqaro tashkilot 500 ming dollar grant ajratdi va o‘zlari mazkur mablag‘ga chet el kompaniyalaridan server xarid qilishdi. Natijada yagona reyestr dasturi yaratildi. Ushbu dastur orqali ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash amalga oshiriladi.

Mazkur dasturning yo‘lga qo‘yilishi oqibatida mahalla raislari va MFYdagi maxsus komissiyalarning uchta turdagi nafaqani tayinlash vakolati bekor qilinadi. Ular endilikda nafaqa tayinlashmaydi. Faqat fuqarolarning arizalarini pensiya jamg‘armasiga olib kelishadi. Jamg‘arma xodimlari esa murojaatchi hujjatlarini kompyuterga kiritadi, xolos. «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimiga bog‘langan vazirlik va tashkilotlar bilan axborot almashinuvi joriy qilinadi. Fuqaroning mol-mulki, qancha mashinasi mavjudligi, nikohi, oila a’zolari va oilaviy ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotlar qisqa vaqtda aniqlangach, o‘shanga qarab kompyuterning o‘zi mezonni belgilab beradi. Bu jarayonda inson omili sira aralashmaydi.

Yaqinda Jahon banki 5 million dollar miqdorida kredit berdi. Bu mablag‘ga kompyuter, server va skanerlar sotib olib, Sirdaryodagi tizimni 2020 yilda qolgan barcha viloyatlarda ham joriy qilishni rejalashtiryapmiz,
- deydi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi direktori Bahrom Ashrafxonov.

Matbuot anjumanida ta’kidlanishicha, noyabr oyida Sirdaryo viloyatida 3 turdagi nafaqani olish istagidagi 2063 nafar fuqaroning arizasi qabul qilingan. Zamonaviy dastur orqali ularning 1334 nafari yoki 66 foiziga nafaqa tayinlanmaslik haqida ma’lumot chiqarilgan. Tahlillarga ko‘ra 1334 nafar murojaatchining 63 nafarida 2 tadan mashina, 95 nafarida o‘zi yashab turgan joydan tashqari yana bittadan ko‘chmas mulk mavjudligi aniqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2020 yildan mahalla raislaridan uch turdagi nafaqani tayinlash vakolati olib qo‘yiladi