Tez orada ichki ishlar tizimida «qorin qo‘yganlar» masalasi ko‘riladi

  • 20 dekabr 2019, 06:00
  • 2 554
  • Jamiyat
  • Tez orada ichki ishlar tizimida «qorin qo‘yganlar» masalasi ko‘riladi
    O‘zbekiston Ichki ishlar tizimidagi vazni belgilangan normadan ortiqcha bo‘lgan xodimlar alohida ro‘yxatga olingan. Bu haqda O‘zbekiston IIV kadrlar bo‘limi boshlig‘i Farid Abdiyev ma’lum qildi.

    Bugun, 19 dekabr kuni AOKAda "Ichki ishlar organlarida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish faoliyati" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Ichki ishlar tizimidagi ortiqcha vaznga ega bo‘lgan kadrlar masalasida savol berildi.

    O‘zbekiston IIV kadrlar bo‘limi boshlig‘i Farid Abdiyevning ma’lum qilishicha, Tibbiyot xizmati xodimlari tomonidan Ichki ishlar tizimidagi har bir xodimning vazni o‘lchanib, ular orasidan belgilangan normadan ortiqcha vaznga ega bo‘lganlari alohida ro‘yxatga olingan.

    Shuningdek, ularga o‘z vazni ustida ishlashlari uchun barcha kerakli sharoitlar yaratilgan, har biri ogohlantirilgan. Tibbiy muassasalar tomonidan tibbiy yo‘nalish va ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Bundan tashqari kasbiy va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha ushbu kadrlar bilan alohida mashqlar o‘tkazilgan.

    Erishilgan natijalar tahlil qilinganda esa 2019 yilning noyabr oyi oxirigacha 30 % darajada ko‘zlangan maqsadga erishilgani ma’lum bo‘lgan.

    "O‘z ustida ishlamagan va ortiqcha vaznini yetarli me’yorga tushirmagan xodimlar yangi yil choragida attestatsiyadan o‘tkaziladi va ularning Ichki ishlar tizimida o‘z faoliyatini davom ettirish yoki davom ettirmaslik masalasi hal etiladi", deb ma’lum qildi Abdiyev.

    Ma’lum qilinishicha, keyingi 2019 yilning birinchi choragi davomida asosiy xizmatlar: patrul, gai tizimlarida attestatsiya o‘tkaziladi.

    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Tez orada ichki ishlar tizimida «qorin qo‘yganlar» masalasi ko‘riladi