16:50 / 20.12.2019
3 334

Alisher Qodirov: bizning banklarimiz tadbirkorni sindirib, kerak bo‘lsa uyini olib qo‘yishni yaxshi ko‘radi

Alisher Qodirov: bizning banklarimiz tadbirkorni sindirib, kerak bo‘lsa uyini olib qo‘yishni yaxshi ko‘radi
“Mening deputat sifatida xalq ta’limi vaziri Inoyatovga (Ulug‘bek Inoyatov – hozirgi XDP raisi) 12ta murojaatim bo‘lgan. Barcha murojaatlarimga quruq javoblar qaytarilgan”, dedi “Milliy tiklanish”demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov “Debatdan so‘ng” ko‘rsatuvida.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, yurtdoshlarimiz xorijda oyoqosti bo‘lib ishlab yuribdi.

“Biz milliy yuksalish haqida gapiryapmiz. Aybdor - vazirlik ishlamagan, Tashqi ishlar vazirligi ishlamagan, parlament ishlamagan. AQSHning bitta fuqarosiga biror joyda zirapcha kirsa masala yuqori darajaga chiqadi. Yuksalishni kim amalga oshiradi?”, dedi u.

“Milliy tiklanish”demokratik partiyasi raisining fikricha, oilada, bog‘chalarda bolalarni majburlash mexanizmi mavjud.

“Maktabda bugun o‘qituvchilar ta’lim berayotgan bo‘lishi mumkin, lekin tarbiya beryaptimi? “Tarbiya” darsi endi joriy qilinyapti, bu ham bizning partiyaning tashabbusi”, dedi Alisher Qodirov.

Qodirovning fikricha, aholiga ishchi o‘rni yaratib berilmadi va yaqin 20-30 yil ichida yaratib berish mushkul.

“Iqtisodiy o‘sish sur’atlari ish bilan ta’minlab berishga yetmaydi. Bizda mehnat resurslari ko‘p. Biz ularni joylashtirishimiz kerak. Parlamentning ham bunda ko‘plab muammolari bor, parlament bu ishni o‘zining asosiy vazifasi sifatida ko‘rmagan”, dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, partiya muqobil kreditlash tizimini joriy etishni taklif qilmoqda.

Qodirovning izohlashicha, bunda bank tadbirkorga pul beradi, tadbirkorning o‘sha puldan topgan daromadiga bank ham sherik bo‘ladi. Tadbirkor zarar ko‘rsa, bank ham zararga sherik bo‘ladi.

Boshlovchining “banklarimiz bunga rozi bo‘larmikin” degan savoliga u “islom banking rozi bo‘lmoqda, ammo bizning banklarimiz bunga rozi bo‘lmaydi. Banklarimiz tadbirkorni sindirib, pulini qaytarib, kerak bo‘lsa uyini olib, bank bergan kreditini joyiga qo‘yib qo‘yishni yaxshi ko‘radi”, deb javob qaytardi.

Alisher Qodirov shuningdek, fikr erkinligi, partiyadan bosh vazirlikka nomzod nomi nima uchun e’lon qilinmayotgani, kommunal to‘lovlar, “O‘zini hurmat qilgan odam 50 dollarni iqtisod qilish uchun yonib ketishi aniq bo‘lib turgan avtobusga o‘tirib, 50 daraja sovuqda yo‘lga chiqmaydi” deganida nimani nazarda tutgani xususida so‘z yuritdi.

Suhbatni batafsil quyidagi video orqali tomosha qilish mumkin.

"Debatdan so'ng..." 2-son. Alisher Qodirovning javoblari jurnalistlarni qoniqtirdimi? Siznichi? #saylov2019, #mediahall

Опубликовано Қобулжоном Аҳмедовым Вторник, 17 декабря 2019 г.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Qodirov: bizning banklarimiz tadbirkorni sindirib, kerak bo‘lsa uyini olib qo‘yishni yaxshi ko‘radi